Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevro-2020: Nimchorak finalda kim kim bilan o‘ynaydi?
17:52 / 2021-06-24

Xabaringiz bor, Yevropaning 11 ta mamlakatida (Angliya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Ozarbayjon, Rossiya, Ruminiya, Shotlandiya) Yevropa chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Aslida o‘tgan yili o‘tishi lozim bo‘lgan, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli qoldirilgan musobaqa shu yilning 11 iyunida start oldi va 11 iyulga qadar davom etishi belgilandi.

Yevropa saralash o‘yinlaridan saralanib olingan 24 ta terma jamoa 6 guruhga bo‘lingan holda kurashga kirishdi. Musobaqa qonun qoidasiga ko‘ra, guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan va yana olti guruh orasida eng yaxshi uchinchi o‘rinni olgan to‘rtta terma jamoa nimchorak finalga yo‘llanma olishi lozim edi. Qiziqarli bahslardan guruhlarda quyidagicha vaziyat yuzaga keldi:

«A» guruhi: 1.Italiya – 9 ochko, 2.Uels – 4, 3.Shveysariya – 4, 4.Turkiya – 0.

«V» guruhi: 1.Belgiya – 9, 2.Daniya – 3, 3.Finlyandiya – 3, 4.Rossiya – 3.

«S» guruhi: 1.Niderlandiya– 9, 2.Avstriya – 6, 3.Ukraina– 3, 4.Sh.Makednoiya-0.

«D» guruhi: 1.Angliya – 7, 2.Xorvatiya – 4, 3.Chexiya – 4, 4.Shotlandiya – 1.

«Ye» guruhi: 1.Shvetsiya – 7, 2.Ispaniya – 5, 3.Slovakiya – 3, 4.Polsha – 1.

«G‘» guruhi: 1.Fransiya – 5, 2.Germaniya – 4, 3.Portugaliya – 4, 4.Vengriya – 2.

Ko‘rib turganingizdek, faqat Italiya, Belgiya va Niderlandiya o‘z guruhlarida yuz foizli natija qayd etishgan. Angliya, Shvetsiya va Fransiya birorta ham mag‘lubiyatga uchramay guruh yetakchilari bo‘lishdi. Uels, Daniya, Avstriya, Xorvatiya, Ispaniya, Germaniya termalari ikkinchi o‘rin egalari sifatida 1/8 finalga yo‘llanma olishdi. Bular orasida Daniyaning omadi chopgan – bitta yutuq va ikkita mag‘lubiyat bilan keyingi bosqichga chiqdi. Shveysariya, Chexiya va Portugaliya termalari 4 tadan ochkolari bilan haqli ravishda, Ukraina esa uch ochko bilan, faqat urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatidagi farqi bilan to‘rtinchi jamoa sifatida kuchlilar safida o‘yinlarni davom ettiradigan bo‘lishdi.

Rossiyada ham Finlyandiyani mag‘lub etgani hisobiga uch ochkosi bor edi, biroq Belgiya va Daniya termalariga uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatlar rossiyaliklarni «o‘yindan chiqarib» yubordi. «O‘lim guruhi» deya nom olgan guruhda vengriyaliklar katta kuch sarflashdi. Hatto guruh yetakchisi Fransiya termasi bilan durang o‘ynay olishdi ham. Ammo Portugaliya va Germaniyadek nomdor jamoalarga bas kelishning o‘zi bo‘lmadi.

Guruh o‘yinlarida raqib darvozasiga eng ko‘p to‘pni Niderlandiya termasi kiritdi – 8 ta gol, o‘z darvozasidan eng kam gol o‘tkazgan jamoa esa Italiya va Angliya bo‘ldi – umuman gol o‘tkazishmadi. O‘z darvozasidan eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan termalar Turkiya va Shimoliy Makedoniya – 8 tadan. Uchtadan o‘yinda birorta ham ochko ola bilmagan termalar ham aynan shular – Turkiya va Shimoliy Makedoniya.

Xullas, guruh o‘yinlari ortda qoldi. Oldinda nimchorak, chorak, yarim final va final bahslari. Hal qiluvchi o‘yin 11 iyulda, Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkaziladi.

1/8 final o‘yinlari taqvimi
(o‘yinlar Toshkent vaqti bilan 21.00 va 23.59da boshlanadi):

26 iyun

1. Uels – Daniya.
Amsterdam, «Yoxan Kroyff Arena».

2. Italiya – Avstriya.
London, «Uembli».

27 iyun

3. Niderlandiya – Chexiya.
Budapesht, «Pushkash Arena».

4. Belgiya – Portugaliya.
Sevilya, «La Kartuxa».

28 iyun

5. Xorvatiya – Ispaniya.
Kopengagen, «Parken».

6. Fransiya – Shveysariya.
Buxarest, «Pushkash Arena».

29 iyun

7. Angliya – Germaniya.
London, «Uembli».

8. Shvetsiya – Ukraina.
Glazgo, «Xempden Park».

Chorak final.

2 iyul

1. 6 g‘olibi – 5 g‘olibi.
Sankt-Peterburg

2. 4 g‘olibi – 2 g‘olibi.
Myunxen

3 iyul

3. 1 g‘olibi - 3 g‘olibi.
Boku

4. 8 g‘olibi – 7 g‘olibi.
Rim

Yarim final.

6 iyul

1 g‘olibi – 2 g‘olibi.
London

7 iyul

4 g‘olibi – 3 g‘olibi.
London

Final. 11 iyul. London.