Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yevro-2020” Angliyada koronavirus yoyilishiga sababchimi?
17:14 / 2021-08-21

Angliyada chop etiladigan “The Times” nashri angliyalik shifokorlarning futbol bo‘yicha “Yevro-2020” chempionati final bahsining Londonda o‘tkazilishi koronavirusning mamlakat bo‘ylab keng yoyilishida “o‘ziga xos tarzda xizmat qilganligi” to‘g‘risidagi murojaatini e’lon qildi.

Murojaatda keltirilishicha, o‘sha final bahsini bevosita stadionda kuzatib borgan 67 ming futbol fanatlaridan kamida 2300 nafardan oshig‘i kasallik tashuvchilari bo‘lgan. Ular o‘z navbatida, 3500 nafardan ortiq inson bilan muloqot qilganligi sababli virus mamlakat bo‘ylab “erkin” sayohat qilib yurganligi ta’kidlangan.  

Mazkur qaltis vaziyatning vujudga kelganligi sababli mamlakat shifokorlari “The Times” nashri orqali Angliya xalqini zudlik bilan koronavirusga qarshi dori vositalari bilan emlanishga chaqirgan.  

T. RO‘ZIEV, O‘zA