English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘lajak temiryo‘lchilar bilimini oshirdi
19:20 / 2016-10-13

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Birinchi kurs maktabi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Birinchi kurs maktabi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Institut rektori M.Rasulov va boshqalar mamlakatimizda yoshlarga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekaninini ta’kidladi.

Temir yo‘l sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biridir. Mustaqillik yillarida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli temir yo‘l infratuzilmasi takomillashmoqda. Tarmoqning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, yetuk mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotir.

– Joriy yilda institutimizga bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 895 talaba qabul qilindi, – deydi Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Karimova. – Bu kabi tadbirlar yosh mutaxassislarning transport-kommunikatsiya tizimidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ular uchun yetakchi xodimlar tomonidan qo‘shimcha seminarlar, mashg‘ulotlar olib boriladi.

Davra suhbatida temir yo‘l tizimini rivojlantirishga doir ma’ruzalar tinglandi.