Mamlakatimizda so‘nggi yillar kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta’minlash, boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 16 oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida avvalgi Shumanay tumani kasb-hunar maktabi 2025 yil 1 yanvardan boshlab Shumanay tuman politexnikumi bo‘lib kayta tashkil etildi.
O‘quv yurtida 33 nafar pedagog, 13 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasi faoliyat yuritadi. O‘quvchilar har yili fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2-kurs o‘quvchisi Diana Alpisbayeva 2024-2025 o‘quv yili davomida Davlat va huquq asoslari fanidan o‘tqazilgan fanlar olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida ikkinchi, Abdulaziz Kenjebayev jiu-jitsu bo‘yicha Osiyo kubogida uchinchi, Alisher Yesemuratov og‘ir atletika bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionatida uchinchi o‘rinlarni egalladi.
[gallery-23858]
O‘quv yurti bilan tuman hududidagi 21 ta davlat, xususiy korxona va tashkilot o‘rtasida ikki tomonlama ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun sherikchilik shartnomalari tuzilgan. 2023-2024 o‘quv yilida politexnikumni 150 nafar o‘quvchi muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lsa, shundan 48 nafari oliy o‘quv yurtlariga kirgan. 58 nafari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashgan.
Politexnikum 800 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, joriy o‘quv yilida 361 nafar o‘quvchi “Avtomobil ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish” “Kompyuter grafikasi va dizayni” “Traktorchi mashinist” va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil oldi.
–Yaxshi mutaxassislar tayyorlash o‘quv ustaxonalarining moddiy-texnik bazasiga ham bog‘liq, – deydi o‘quv yurti direktori Ulug‘bek Sultamuratov. – O‘quv ustaxonalarimiz jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Maqsadimiz ko‘proq yetuk mutaxassislar yetkazib berishdan iborat.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NbyJZwCYMB4?si=bWL1TNBiYUejY68u" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA