Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yetuk huquqshunoslarni tayyorlashda yangi amaliyotlar joriy etiladi
17:05 / 2026-01-08

Huquqshunos bu huquq tizimi, qonunchilik, davlat va jamiyatdagi huquqiy munosabatlarni tadqiq qiluvchi, shu sohada tahlil olib boruvchi mutaxassisdir. U huquqning nazariy masalalarini o‘rganadi, qonunlarni sharhlaydi va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.

Davlatimiz rahbarining 2025 yil 26 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishi yurtimizda yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy xalqaro standartlarga mos yuridik kadrlar tayyorlashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.  

Farmonga ko‘ra amalga oshirilayotgan ishlar xususida Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Umida Bekmirzayeva quyidagilarni ma’lum qildi.

– Farmon “Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”, degan ustuvor g‘oya asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ta’lim jarayoni, ilmiy tadqiqotlar va amaliyotning uzviy bog‘liqligini ta’minlash chora-tadbirlari belgilangan.

Shunga ko‘ra, Prezidentimiz farmoni quyidagi maqsadlarga erishishni ko‘zda tutadi. Jumladan, yuridik ta’limning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, klinik va dual ta’lim tamoyillarini joriy etish. Ta’lim tadqiqot — amaliyot integratsiyasini yo‘lga qo‘yish, akademik-kollegial yondashuvni kengaytirish hamda yuridik ta’lim samaradorligi va sifatini nazorat qilishni kuchaytirish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, farmon bilan Toshkent davlat yuridik universitetining 2030 yilgacha Quacquarelli Symonds reytingida yuqori 1 000 talik universitetlar ro‘yxatiga kirishi ta’minlanadi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz farmonidagi asosiy urg‘u va bu 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalari uchun nazariy bilimlar 50 foiz, amaliyot 50 foiz sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlarda o‘tkaziladi. Talabalarda muammoli vaziyatni tahlil qilish malakasi (soft skills )shakllantiriladi.  

Shu bilan birgalikdagi mamlakatimizda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalardan samarali foydalanish va joriy qilishga oid chora-tadbirlarning mantiqiy davomi va amaliy ifodasi sifatida 2026/2027 o‘quv yilidan sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim jarayonida joriy etiladi, dars va nazorat ishlarida AI yordamida baholash yo‘lga qo‘yiladi. “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi, o‘qish ingliz va boshqa xorijiy tillarda olib borilishi belgilangan.

Undan tashqari Universitetda sohaviy fakultetlar, akademik departament, tadqiqot markazi hamda amaliyot va karera markazlari tashkil etiladi. Bu tizim ta’lim, ilm-fan va amaliyotni uzviy integratsiya qiladi, professor-o‘qituvchilar va talabalarning amaliyot bilan bog‘liqligini oshiradi.  

Yana bir muhim yangilik professor-o‘qituvchilar va doktorantlar haftasiga kamida bir marta sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat idoralarida amaliy stajirovka o‘tashini joriy qilinishidir. Universitet Tadqiqot markazlari huquqiy va amaliy masalalarni o‘rganib, taklif va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi. Amalda mavjud Yuridik klinikalar orqali talabalarning jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat berishini yanada tizimlashtirish va takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Farmon O‘zbekistonda yuridik ta’limni zamonaviylashtirish, xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash va ilm-fan bilan amaliyotni uyg‘unlashtirishda muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Amaliyot, innovatsion metodlar, sun’iy intellekt texnologiyalari va xalqaro hamkorlik orqali yuridik kadrlarning malakasi oshiriladi, ta’limning sifati va samaradorligi yanada kuchaytiriladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA