Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yettilik” samarali ishlasa...
10:51 / 2026-02-03

Qonunchilik palatasi deputati Guljan Xalmuratova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Qaratal” mahallasida faollar hamda yettilik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Prezident ishtirokida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda ushbu tizim oldiga qo‘yilgan vazifalar va joriy yilning 27 yanvar kuni davlatimiz yetakchisi Sh. Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazish bo‘yicha masalalar  muhokama qilindi.  

– “Yettilik”ka islohotlar natijadorligini ta’minlovchi asosiy kuch sifatida qaralayotgani bejiz emas. Chunki ushbu tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoit yaratilgan. Agar mahallada ishsizlik yoki kambag‘allik bilan bog‘liq muammolar ko‘p bo‘lsa, demak, bu tizimning yaxshi ishlamayotgani bilan bog‘liq, – dedi Qonunchilik palatasi deputati G. Xalmuratova.  

Mazkur mahallada 765 ta oilada 3 ming 373 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda ichimlik suvi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, deputat mazkur muammoni bartaraf etish va aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.  

Uchrashuvlar davomida xalq vakili 41-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘lib, bu yerdagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Hozir maktabda 598 nafar o‘quvchi ta’lim olib, 60 nafardan ortiq pedagog faoliyat yuritmoqda.  

Deputat o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot qilar ekan, ta’lim yo‘nalishidagi yangiliklar, Prezident Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan olti ustuvor yo‘nalish, shuningdek, takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi.  

Ushbu tashriflar Guljan Xalmuratovaning deputat sifatida saylovchilar bilan muntazam muloqotini ta’minlash, mahalliy aholi hayotidagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularning ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojiga ko‘maklashishga qaratilganligini ko‘rsatadi.  

Asosiy e’tibor yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, bu jamiyatda barqaror taraqqiyotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri