French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yetti yillik mehnat mahsuli
07:47 / 2024-10-17

FOTOREPORTAJ

Loyihachilik sohasini mukammal o‘zlashtirgan surxondaryolik Sharofiddin Mengliboyev “Arch Design Service” MCHJni tashkil qilib, faoliyatini boshlaganiga yetti yil bo‘lyapti. Korxonaga 20 ga yaqin loyiha muhandis, konstruktor, arxitektor, smeta muhandisi, ob’ektlarda qurilish jarayonida mualliflik nazoratini olib boruvchi kabi mutaxassislarni jamlagan.

Ma’lumki, loyihalarni ishlab chiqish, arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash oson ish emas. Bu soha mutaxassislaridan katta matonat hamda mas’uliyatni talab etadi. Binobarin, ular qo‘lida sayqal topgan har bir chizma orqali tiklangan inshoot uzoq yillar odamlarga xizmat qilishi kerak. Bu mas’uliyatni yaxshi anglagan tadbirkor ish avvalida uy-joy xo‘jalik, sanoat, suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, transport va yo‘l qurilishlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, qurilish ob’ektlarini mukammal va joriy ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, binolarning ichki-tashqi dizaynini yaratish kabi faoliyat turlarini belgilab oldi. Korxonada shakllangan ilk loyiha asosida Denov tumanidagi 93-umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilindi. Shu loyiha bo‘yicha quruvchilar amalga oshirgan ishlar korxonaning tajribali mutaxassislarga ega ekanini nafaqat buyurtmachilarga, balki keng ommaga ham tanitgani bor gap.  

[gallery-19792]

So‘ng Termiz, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot, Qiziriq, Boysun, Oltinsoy hamda Sherobod tumanlaridagi o‘ttizdan ortiq maktabni joriy ta’mirlash, qo‘shimcha binolarni qurish uchun buyurtmalar ko‘payaverdi. Muhimi, ishlab chiqilgan birorta loyiha boshqasida aks etmagani ham Sharofiddin Mingliboyev boshliq jamoada imkoniyatlar kengligidan dalolatdir. Shu sababli, iqtisodiy va ijtimoiy ob’ektlar loyihasini yaratish yuzasidan ham buyurtmalar ortdi. Jarqo‘rg‘onda 28-oilaviy poliklinikani joriy ta’mirlash, Termiz shahrida ko‘p qavatli bino, Sho‘rchida masjid, Sariosiyo, Termiz, Qiziriq, Sho‘rchi tumanlarida salomatlik yo‘lakchalarini qurish va obodonlashtirish kabi yana o‘nlab ob’ektlarning loyihalari mazkur jamoa a’zolari tomonidan yaratilgan. Bulardan tashqari, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida, Termiz shahrida va Denov tumanida qad rostlagan ko‘p qavatli zamonaviy biznes markazlari, shuningdek, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan sardobaliklar uchun ko‘p qavatli turar joylar, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlaridan tushgan ko‘plab buyurtmalar bo‘yicha loyihalarni tayyorlash ham zahmatkash xodimlar mehnati tufayli yuzaga kelgan.  

Shu kunlarda ham jamoada loyiha yaratish ishlari qizg‘in tus olgan.  

O‘zA fotomuxbiri

Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar