Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yetti tilda erkin so‘zlashadigan o‘zbek qizi (+video)
19:08 / 2024-03-11

“Xilqat” loyihasi ayollarning jamiyatdagi rolini yanada mustahkamlash, gender tenglikka erishish, ijodkor, tadbirkor xotin-qizlarning ibratli ishlari, erishgan yutuqlarini targ‘ib etishga qaratilgan.

Loyiha doirasida taniqli davlat arboblari, tadbirkor, olima, deputat, fermer, rahbar  va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan nozik xilqat vakillari bilan suhbat va interv'yular tayyorlanadi.

Xotin-qizlar, ayniqsa, katta hayot ostonasida turgan yosh qizlar va tadbirkorlarga motivatsiya berishga qaratilgan “Xilqat” loyihasining ilk mehmoni yetti tilda bemalol, erkin so‘zlashadigan o‘zbek qizi Nadejda Mahkamova bo‘ldi. 

Nadejda ayni damda Yoshlar ishlari agentligi “Ibrat farzandlari” loyihasida polyak tilidan dars beradi. Shuningdek ingliz tilining variantliligiga doir blog yuritadi, bolalar uchun kitoblar, hikoyalar yozadi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4jjkxSRuyIc" title="Yetti tilda  erkin soʻzlashadigan oʻzbek qizi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘zA