English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yetti sotix maydondan yiliga 100-120 tonna baliq olinmoqda
08:25 / 2022-02-04

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Kosonsoy tumanining “Namuna” massividagi “Modern gold rabbits” qo‘shma korxonasida forel va Afrika laqqa balig‘ini innovatsion usulda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirkor Kamol Husanov afg‘onistonlik olim, muhandis-texnolog va sarmoyador Ruhullo Temuriy bilan ushbu loyihani amalga oshirib, 500 metr kvadrat maydonda yiliga 100-120 tonna forel va Afrika laqqa balig‘ini yetishtirmoqda.

[gallery-5638]

Loyihaning umumiy qiymati 200 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Quvonarlisi, loyiha orqali atigi 500 kvadrat maydonda yuz tonnalab sifatli baliq yetishtiriladi. Mahsulotning yarim qismi eksportga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, tashabbuskorlar hududda 0,5 ga maydonda qiymati 150 milliard so‘m bo‘lgan quyonchilik yo‘nalishidagi loyihani amalga oshirish ishlarini olib bormoqda. Tarmoq faoliyat boshlasa 15 kishi ish bilan band bo‘ladi.

O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.