Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeTTB Turkmanistonga ajratadigan kredit portfelini ma’lum qildi
15:48 / 2022-08-09

2022 yil iyulgacha Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Turkmaniston bo‘yicha kredit portfeli 49 million yevroni tashkil etdi.

Trend agentligining bank manbalariga tayanib yozishicha, mazkur kredit portfel 32 ta loyihani amalga oshirishga mo‘ljallangan.

Portfelning katta qismi, ya’ni 96 foizi sanoat, savdo va agrar sohalariga investitsiya sifatida yo‘naltiriladi, to‘rt foizi moliya institutlariga beriladi.
Hozirgacha mazkur bank Turkmanistonda 88 ta loihani amalga oshirish uchun 343 milliondan ko‘proq investitsiya ajratgan.


Ta’kidlash joizki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, faoliyatini boshlagandan buyon dunyo bo‘yicha 6,1 mingdan ziyod loyihani hayotga joriy qilgan.
https://www.trend.az/casia/tur...
(S.Rahimov)