Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeTTB mamlakatimiz elektr energiyasi ta’minoti ravnaqiga hissa qo‘shadi
15:53 / 2025-09-29

Mamlakatimizda energetika tizimining barqarorligini ta’minlashda xalqaro hamkorlik muhim hisoblanadi. Shu maqsadda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Kuni kecha tomonlar o‘rtasida ana shunday hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar soha bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so‘z yuritdi. 

Tadbirda qayd etilganidek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohani raqamlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratyapti. Bu esa mamlakatimizda ushbu soha rivojida muhim ahamiyat kasb  etmoqda. 

Uchrashuv chog‘ida mehmon tomon ham yurtimizda energetika sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilashga oid loyihalarda hamjihatlikda harakat qilishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqishga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA