English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yetkazilgan zarar undiriladi
12:01 / 2023-01-30

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning asosiy mezoni jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirib, har bir fuqaroning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan.

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga keng imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsada, ayrim fuqarolar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish o‘rniga noqonuniy ishlarga aralashib qolmoqda. Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek, davlatning mulkiy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Yetkazilgan zararni undirish borasidagi sud hujjatlari ijrosini ta’minlash MIBning asosiy vazifasi hisoblanib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani sudining 2022 yil 20 maydagi hukmiga ko‘ra sudlanuvchi S.Bomirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, “a” bandi va 189-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan.  

Mazkur sudning 2022 yil 20 maydagi ijro varaqasiga asosan qarzdor S.Bomirovdan undiruvchi AT “Xalq banki” G‘ijduvon tumani filialiga jinoyat oqibatida yetkazilgan 1 milliard 828,1 million so‘m undirish, undiruvni G‘ijduvon tumani, “Bo‘ktaroy” mahalla fuqarolar yig‘ini, Galgochi qishlog‘ida joylashgan “Qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, qushxona, teriga va organlarga ishlov berish, jun mahsulotlaridan to‘qimachilikni tashkil etish sexi” bino-inshootlari, “SPARK” rusumli avtomashinaga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning G‘ijduvon tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.  

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida “Qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, qushxona, teriga va organlarga ishlov berish, jun mahsulotlaridan to‘qimachilikni tashkil etish sexi” bino-inshootlari ko‘zdan kechirilib, tegishli tartibda xatlangan. Hozirda mazkur bino-inshootlarni baholash va “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “SPARK” rusumli avtomashina tegishli tartibda xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Kelgusida, mol-mulklar sotuvidan tushgan mablag‘lar hisobidan AT “Xalq banki” G‘ijduvon tumani filialiga yetkazilgan zararni qoplab berish choralari ko‘riladi.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA