Fuqaro P.M “Chevrolet Tacuma” rusumli avtotransport vositasini boshqarib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hududidagi Beruniy ko‘chasida tezlikni me’yordan oshirgani natijasida “NEXIA-3” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketadi.
Sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida ushbu avtomashinaga 23,2 million so‘m moddiy zarar yetkazilgan. Keltirilgan zararni undirish to‘g‘risida jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan 2025 yilning 29 sentyabrida hal qiluvchi qaror qabul qilingan.
Mazkur qaror asosida Majburiy ijro byurosi Shumanay tumani bo‘limining davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Xususan, qarzdorga 15 kunlik muddat ichida sud qarori ijrosi ta’minlanishi lozimligi, aks holda qarzdorlikka qo‘shimcha to‘lovlar qo‘llanilishi, shuningdek, ma’muriy jarimaga tortilishi mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Natijada jabrlanuvchi byuroning Shumanay tumani bo‘limiga kelib, yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanganini bildirdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri