Yetakchi kompaniya bilan hamkorlik
“Hududgaz Buxoro” da Xitoy Respublikasining “LINGTAI GSBF Tank Inc” korxonasi o‘rtasida gaz ta’minotida uy xo‘jaliklari uchun mo‘ljallangan tolali kompozit po‘latdan yasalgan suyultirilgan gaz ballonlarini ishlab chiqarish yuzasidan investitsion loyiha bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Unda korxona rahbari Toni Pan hamda sifat nazorati injeneri Pan Qiaosheng ishtirok etib, korxona faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Muzokaradan so‘ng yetakchi kompaniya vakillari filialning suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini joyida o‘rganish maqsadida Vobkent tumanida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasi hamda maishiy gaz ballonlarni ta’mirlash sexining ish faoliyati bilan tanishdi. Takliflar bildirildi, tavsiyalar ishlab chiqildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.