Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yetakchi” jamoasi turnirda yetakchi
11:18 / 2021-12-17

FOTOREPORTAJ

Andijonda Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida  o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi raisi kubogi” turnirining viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 23 ta jamoa o‘zaro bellashdi. 
Qizg‘in va murosasiz kechgan zakovat bahslarida Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasining “Yetakchi” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasining “Shahrixon” jamoasi ikkinchi hamda Qo‘rg‘ontepa tumani davlat soliq inspeksiyasining “Qo‘rg‘ontepa” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

[gallery-5123]
Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar davlat soliq boshqarmasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA