English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yetakchi banklar rahbarlari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
10:18 / 2024-05-10

Raqamli texnologiyalar vazirligida O‘zbekistonning yetakchi banklari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi banklari rahbar-xodimlari ishtirok etdi.  

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad bank sektorini O‘zbekistonda venchur va startap ekotizimining rivojlanish dinamikasi bilan tanishtirishdan iborat edi.  

Uchrashuvda “AloqaVentures” va IT-Park vakillari startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Venchur investitsiya tamoyillari va startap loyihalar banklarga qanday foyda keltirishi haqida so‘z yuritilib, bank sohasiga innovatsion mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.  

“AloqaVentures”  venchur fondi 2021-yilda “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan innovatsion va istiqbolli startap loyihalarga sarmoya kiritish maqsadida tashkil etilgan. Fond faoliyati kompaniyalar, startap loyihalar va ularning hamkorlari bilan birgalikda zamonaviy texnologik yechimlarni yaratish, global muvaffaqiyatlarga erishish, raqamli transformatsiyalar peshqadamiga aylanishga qaratilgan.  

Shuningdek, uchrashuv davomida mehmonlarga IT-Park faoliyati, rezident kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar,  IT  eksportini yanada oshirish borasida qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.  

Kelgusi haftadan boshlab mamlakatimizning yirik banklari ishtirokida istiqbolli startap loyihalari bilan tanishish maqsadida navbatdagi uchrashuvlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, investitsiyalarni jalb qilish va mahsulotlarni bank tuzilmasiga integratsiyalash imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.  

 

N.Rahmonova,  

O‘zA