NASA Oydagi kosmik missiyalarning asosiy muammolaridan birini hal qiluvchi yangi texnologiyani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.
Elektrodinamik chang qalqoni (EDS) uskunalar yuzasidan changni samarali tozaladi — buni tizim faollashtirilishidan oldin va keyin olingan suratlar tasdiqladi. Test 2025 yil 16 mart kuni yakunlangan Firefly Aerospace kompaniyasining Blue Ghostmissiyasi portida o‘tkazilgan. Sinov natijalari yangi texnologiya kosmik apparatlarning o‘ta muhim elementlari — shisha panellar va issiqlik radiatorlarini changdan tozalashga qodir ekanini ko‘rsatgan.
Oy changi kosmik missiyalar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Oy yuzasiga milliardlab yillar davomida urilgan mikrometeoritlar va suvning yo‘qligi sabab ushbuchanglar ustara kabi o‘tkir shaklga kirgan. Kosmik nurlarning doimiy bombardimoni har bir zarraga elektrostatik zaryad bergan. Natijada ko‘mir kabi yopishqoq chang skafandrlar, linzalar va boshqa uskunalarni qoplab oladi.
Ushbu muammo 1960 yillardagi birinchi Oy missiyasidan beri mavjud. NASA tomonidan ishlab chiqilgan EDS qalqoni yuqori voltli o‘zgaruvchan signallarni taqdim etadigan mitti elektrodlardan foydalanadi. O‘zgaruvchan elektr maydon dielektroforetik kuchni hosil qiladi — u uskunalar yuzasidan changni «quvadigan» to‘lqindir. Tizimning asosiy afzalligi — harakatlanuvchi qismlarining yo‘qligida. U doimiy yoki vaqti-vaqti bilan optika, quyosh panellari, skafandrlar, radiatorlar va boshqa yuzalardagi changni tozalashi mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/p_JHLmXklhA" title="Yerning yoʻldoshi Oyda sinov oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA