Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerning narxi qancha?
10:53 / 2022-02-14

bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlar yerdan foydalanishlari uchun auksionda ishtirok etib, yerni tegishli tartibda sotib olishlari mumkin. Navoiy viloyati Navbahor tumanilik L.Q. bundan bexabar ko‘rinadi.

Xabari bo‘lganida 40 sotix yerga o‘zicha narx belgilab sotishga urinmasdi.

Fuqarolar T.R. va M.M. Navbahor tumanidan yer olib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni rejalashtirib, oila tebratishni niyat qiladi. Yer izlab yurishganida Navbahor tumanida yashovchi fuqaro L.Q.ni uchratib qoladi va muammosiga yechim topganday bo‘ladi. L.Q. ularga 40 sotix yer borligini aytib, 75 million so‘mga sotishini ma’lum qiladi.

T.R. va M.M. yerni borib ko‘radi va yerga egalik qilish uchun hujjati mavjud yoki mavjud emasligini surishtiradi. Natijada ushbu yer maydoni auksion orqali sotishga qo‘yilgani ma’lum bo‘ladi. Ular L.Q.ning firibgarlik yo‘li bilan yerni sotmoqchi ekanligini bilgach, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi.

– Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.Q. 40 sotix yerni sotish uchun T.R.dan 1700 AQSH dollari va 57 million so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi Avazjon Ibodov. – Sudda L.Q. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-, 168-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan aybdor, deb topildi va unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Jabrlanuvchilar T.R. va M.M.ning sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligi e’tiborga olinib, sud hukmi bilan L.Q.ga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, bir yil davomida oylik ish haqidan 15 foizini davlat hisobiga to‘lab borishi belgilandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA