English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerning har bir qarichi nazoratda
18:07 / 2024-05-13

Ayni kunlarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Aholi orasida mazkur qonun loyihasi aksiyasi mazmunini bilmay turib, noto‘g‘ri talqin qilish va oqibatda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, pala-partish, poydevorsiz binolar qurib, tom qismini yopib olishga urinish holatlari uchramoqda. 

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan kadastr sohasiga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini, yerlardan maqsadli foydalanishda qonuniylikni ta’minlash maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Ularda aniqlangan yerga oid qonunbuzilish holatlariga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilayotir.

–Viloyat hududida yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilishga alohida ahamiyat berilmoqda, –deydi Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi yer va kadastr nazorati shu’basi bosh mutaxassisi Abdukarim Toyirov biz bilan suhbatda. –Shunga qaramasdan yerlardan noqonuniy foydalanish holatlari uchrayotgani achinarlidir. 

umladan, viloyatda joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida 521 ta holatda 18,53 gektar yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi. Tahlillarga ko‘ra, noqonuniy foydalanilgan 18,53 gektar yerning 9,1 gektari qishloq xo‘jaligiga, 7,8 gektari aholi punktlariga, 0,09 gektari suv fondi, 1,1 gektari sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik ob’ektlarga, qolgan qismi esa zaxira yerlarga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Buning 10,7 gektari uy-joy qurish, 6,34 gektari noturar joy barpo etish uchun, qolgan qismi esa boshqa maqsadlarda egallab olingan. 

Yer munosabatlari bilan bog‘liq duch kelingan 521 ta qonunbuzilishni sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari, ko‘rsatmalar yuborilgan. 247 ta holatda qonunga zid holatlar ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan. Yuqoridagi kabi nuqsonlar dronlar yordamida aniqlanib, kosmik suratlar bilan taqqoslanmoqda. Aholi vakillari orasida yer maydonlarini hujjatlashtirish bo‘yicha imtiyozlarni noto‘g‘ri talqin qilib, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish holatlari uchrab turibdi. Imtiyozlar faqat uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan fuqarolarning uy-joyiga nisbatan tadbiq qilinishini tushuntiryapmiz. 

Zero, yurtimizda har bir qarich yer davlat nazoratida. Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, ularda noqonuniy qurilmalar qurib olish esa ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri