Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerni o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirganlar jarimaga tortildi
13:54 / 2022-12-22

Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan shahar va tumanlarda yer maydonlaridan foydalanish yuzasidan monitoring va nazorat ishlari olib bormoqda.

Yer maydonlaridan noto‘g‘ri foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari doirasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot va taqdimnomalar tarzida kiritib borilmoqda.  

– Yakunlanib borayotgan yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat bo‘yicha 1 ming 453 ta holatda, jami 756 gektar yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi, – deydi Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Nurali Mamasiyayev. – O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 530 ta holatda uy-joy qurish, 261 ta holatda noturar joy binolari barpo etish maqsadida yer maydonlaridan noqonuniy foydalanilgan.  

Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan daraxtzorlar, baliq hovuzlari yaratish uchun yer maydonlariga ega chiqqan shaxslar ham yo‘q emas.

Mutasaddi tashkilot xodimlari bu huquqbuzarliklarga nisbatan ogohlantirish xatlari bilan chiqqan. Natijada 1 ming 52 ta holat ixtiyoriy bartaraf etilib, 610 gektar yer maydoni davlat ixtiyoriga qaytarildi. 204 ta holat bo‘yicha sudlarga da’vo ariza kiritildi va 1 ming 406 nafar huquqbuzarga nisbatan jami 6 milliard 362 million 244 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

 

A.Qayumov, O‘zA