Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak iste’foga chiqish maqsadida ariza yozdi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy o‘z murojaatida xabar bergan.
Davlat rahbari urushda barcha e’tibor diplomatiya va mudofaaga qaratilayotganda ichki kuch – tashqi birlik va dunyo bilan aloqa uchun asos zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ichki kuchni saqlab qolish uchun yurtni himoya qilishdan chalg‘itishga hech qanday sabab bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, sheriklarda ham savol tug‘ilishi kerak emas.
- Shuning uchun bugun muayyan ichki qarorlar qabul qilinadi, - dedi u. - Birinchidan, Devon qayta ishga tushiriladi. Idora rahbari Andrey Yermak iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi.
Prezident Yermakka muzokara jarayonida "har doim vatanparvarlik tamoyili yoqlangan Ukraina pozitsiyasini “zarur bo‘lganidek” ifodalagani uchun minnatdorlik bildirdi.
- Binobarin, men mish-mish va taxmin bo‘lmasligini istayman, - dedi Zelenskiy. - Idoraning yangi rahbariga kelsak, ertaga ushbu muassasani boshqarishi mumkin bo‘lganlar bilan maslahatlashaman.
Aniqlik kiritilishicha, hamkorlar bilan bo‘lajak muzokarada Ukrainani Bosh shtab boshlig‘i Andrey Gnatov, Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov hamda razvedka vakillari ishtirok etadi.
G.Sattorova, O‘zA