French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerlarning ijrasida yangi tartib o‘rnatiladi (+video)
17:43 / 2025-09-17

Bugun quyoshli o‘lkamizda yetishtirilgan sarxil meva-sabzavot va poliz mahsulotlariga dunyo bozorlarida talab kun sayin oshib bormoqda va o‘z navbatida yirik eksportyor davlat sifatida tanilib boryapmiz.

Bu esa qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida katta o‘zgarishlarga yo‘l ochib beradi va shunga yarasha mahsulot hajmi va sifatini oshirib borishni bugungi davr talab qilmoqda. Buning uchun unumdor yer-suv, sifatli urug‘, bilim va albatta kuchli huquqiy mexanizm zarur edi.          

Joriy yil 12 sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon aynan dehqonlarimiz uchun qo‘shimcha sharoit va huquqiy kafolat yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ushbu 172-son farmonning mazmun-mohiyatini yanada oydinlashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Oybek Soatov bilan suhbatlashdik.

- Aytinchi, ushbufarmon shu yo‘nalishda avval qabul qilingan huquqiy hujjatlardan nimasi bilan farq qiladi?

- So‘nggi uch-to‘rt yil ichida qishloq xo‘jaligida foydalanishga mo‘ljallangan yerlarda juda katta islohotlar amalga oshirildi va bozor aktiviga aylantirish, yerga bo‘lgan mulkchilikni mustahkamlash bo‘yicha keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Bu omil fermerlarning yerlardan foydalanishdagi harakatlarini, manfaatlarini mustahkamlash va ularni yerdan yanada samarali foydalanishga undaydigan mexanizm bo‘ldi.

12 sentyabr Prezidentimiz tomonidan imzolangan farmonning qabul qilinishi bu islohotlarning bevosita mantiqiy davomi sifatida to‘ldiruvchi mexanizmi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi o‘tgan davrlardagi islohotlarda birinchi navbatda yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi va mexanizmlarini takomillashtirdik. Bular avval ochiq elektron tanlovlar, undan keyin auksion tartibga o‘tkazildi va to‘liq bozor mexanizmiga aylanib bordi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PtxCHDU1XuQ" title="Yerlarning ijrasida yangi tartib o‘rnatiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA