Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi
17:58 / 2023-10-08

Mamlakatimizda yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq hududlarda qonunchilikka rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan, noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari ham uchramoqda.

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar Kadastr agentligining yer va kadastr nazorati boshqarmasi xodimlari tomonidan  15 ming 903 ta yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi. Shundan, 3 ming 527 tasi – 3 616,9 gektari qishloq xo‘jaligi yerlari, 9 ming 589 tasi – 413,5 gektari aholi punkt yerlari, 1  ming 446 tasi – 47,7 gektari sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlar, 9 tasi – 1,5 gektari tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar, 58 tasi – 8,7 gektari tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, 90 tasi – 34,0 gektari o‘rmon fondi yerlari, 408 tasi – 34,2 gektari suv fondi yerlari, 776 tasi – 227,0 gektari zaxira yerlar hisoblanadi.

Ushbu yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rildi. Jumladan, 15 ming  903 holatdan 8 ming 216 tasida qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan. 5 ming 70 holatda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. 716 holat bo‘yicha qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan.  

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni bartaraf etish yuzasidan 1 ming 404 holatda sudning hal qiluv qarori qabul qilindi, 3 639 holatda sud jarayoni davom etmoqda.

 

Mohigul Qosimova,

O‘zA