Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerga nisbatan huquqning vujudga kelishi va bekor boʻlishi tartibi
18:55 / 2020-06-20

Yer bilan bogʻliq nizolar koʻpayib borayotgani sir emas.

Yer bilan bogʻliq nizolar koʻpayib borayotgani sir emas. Oʻzboshimchalik bilan egallangan qishloq hoʻjaligi yer maydonlarini davlat egaligiga, fermer xoʻjaligiga qaytarish, yer maydonini yoki uning bir boʻlagini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilmoqda.

Oliy sud tomonidan aynan shunday nizolar oʻrganilganda, ularning kelib chiqishiga fuqarolarning hamda mutasaddi idora vakillarining Yer qodeksi va meʼyoriy xujjatlar talabini va tartibini bilmasligi sabab boʻlayotgani aniqlandi.

Shundan kelib chiqib ushbu toifa nizolar kelib chiqishining oldini olish maqsadida fuqarolar hamda mutasaddi idoralar vakillarining huquqiy bilimini oshirish uchun “Yerga nisbatan huquqning vujudga kelishi va bekor boʻlishi tartibi” nomli qoʻllanma tayyorlandi.

Qoʻllanmani nashr uchun tavsiya qilgan yuridik fanlari doktori, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Omonboy Okyulovning qayd etishicha, mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari yerga nisbatan mulkiy va ashyoviy huquqlarni fuqarolik muomalasida faollashuv jarayoni roʻy bermoqda. Ayni paytda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq nizolar doirasi xam kengaymoqda.

Xalq orasida “snos”lar deb atalgan nizolar, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar bilan bogʻliq nizolar va shu kabilarni huquqiy jihatdan toʻgʻri baholash zarur.

Shu sababli ham mazkur ilmiy ommabop qoʻllanmada yer uchastkalariga nisbatan huquqlarning vujudga kelish asoslari koʻrsatib berilgan. Xususan, ushbu huquqlar mazmuni, ularni amalga oshirish xususiyatlari, yer uchastkalariga va koʻchmas mulkka nisbatan huquqlarning bekor boʻlish asoslari va tartibi, huquq egalari va mulkdorlarga beriladigan kompensatsiya turlari va shu kabi masalalar qisqa, ixcham va ayni paytda mohiyatan ochib berilgan. Qoʻllanmada har bir mavzu boʻyicha qonun hujjatlari manbalari aniq koʻrsatilganligi oʻquvchi uchun qulaylik tugʻdiradi.

Mazkur qoʻllanma keng oʻquvchilar doirasi uchun moʻljallangan boʻlib, xalqimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.