Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerevandagi fojianing yangi tafsiloti
09:31 / 2022-08-16

Armaniston poytaxti Yerevan shahridagi "Surmalu" savdo markazida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lgani aniqlanganlar ro‘yxatida ayni payt 15 kishining ismi-sharifi qayd etilgan. Hozircha voqeaning oxirgi qurboni hisoblangan bolakayning jasadini qutqaruvchilar vayrona ostidan chiqarib olishdi. Bu haqda “RIA Novosti” Armaniston FVV saytiga tayanib yozgan.

— Qutqaruv-qidiruv amaliyoti natijasida marhum 15 kishining tanasi topildi, — deyilgan idora bayonotida. — Ulardan 9 nafari, jumladan yosh bolaning shaxsi hali aniqlanmadi.

"Surmalu" savdo markazi 14 avgust kunduzi yongandi. Yerevan meriyasi xabariga ko‘ra, pirotexnika moddalari ombori portlab, bino alanga qurshovida qolgan. So‘nggi ma’lumotga qaraganda, jami 61 odam turli darajada jarohatlangan.

Darvoqe, mamlakat FVV yana yong‘in chiqishi mukinligidan ogohlantirdi.