Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerevanda norozilik, chegarada beqarorlik
09:07 / 2022-09-15

Chorshanba oqshomidan beri muxolifat kayfiyatidagi minglab fuqarolar Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Armaniston parlamenti binosi yaqinidagi markaziy Bagramyan ko‘chasini to‘sib qo‘yishda davom etmoqda. Norozilik aksiyasi mahalliy portallar tomonidan jonli ravishda namoyish etilmoqda.

E’tiborlisi, aksiya siyosiy muxolifat partiyalari tomonidan tashkil etilmagan, siyosiy kuchlar yetakchilari safda ko‘rinmayapti. Bunga parallel ravishda hukumat binosi yaqinida yuzlab fuqarolar norozilik aksiyasini o‘tkazishdi.

Avvalroq parlamentdagi chiqishida Pashinyan xalq uning iste’fosini talab qilsa ham qiyin qaror qabul qilishga va Armanistonning hududiy yaxlitligini ta’minlaydigan hujjatga imzo chekishga tayyorligini aytgan edi. Shundan keyin Yerevan aholisi shahar ko‘chalariga chiqib, hukumat va parlament binolari yaqinida stixiyali norozilik namoyishlarini boshlagan edilar.

Pashinyan chegara hududidagi beqarorlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammitida ishtirok etolmasligini ma’lum qilgan. Bu haqda Armaniston hukumati matbuot xizmati bayonotiga tayanib, “Armenpress” xabar berdi.