French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerevan Ittifoqchilik davlatiga qo‘shilish masalasi muhokama qilinmayotganini ma’lum qildi
18:38 / 2022-02-08

Armaniston parlamenti vitse-spikeri Akop Arshakyan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning kelgusida Armanistonning sobiq ittifoq mamlakatlari birlashmasiga a’zo bo‘lish istiqboli haqida aytgan gaplariga izoh berar ekan, respublikaning ittifoq davlatiga a’zo bo‘lishi masalasi muhokama qilinmayapti, dedi.

Bundan avval Lukashenko Vladimir Solovevga bergan intervyusida  sobiq ittifoq o‘rnida paydo bo‘lgan suveren davlatlar birlashuvi bo‘yicha gapirar ekan, Armanistonning “hech qayoqqa qochib keta olmasligini” aytgan edi.  

"Yo‘q, bunday muhokama olib borilayotgani yo‘q", — dedi Arshakyan jurnalistlarning Armaniston ittifoq davlatlarining bir qismi bo‘lishi kerakligi haqidagi masala muhokama qilinyaptimi, deb bergan savoliga javob berar ekan. Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, bunday bayonotlar avval ham "ko‘p berilgan". "Men shuni ta’kidlamoqchimanki, armanlar va belaruslar qardosh xalqlar, yaqin do‘stona munosabatdamiz va hech bir bayonot mazkur do‘stligimizga raxna sola olmaydi", — dedi Arshakyan.  

Bundan avvalroq Armaniston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Vaan Unanyan Lukashenkoning so‘zlari, birinchi navbatda, o‘zining ichki siyosatiga xizmat qilishiga qaratilganini" va Armanistoning tashqi siyosatiga umuman aloqasi yo‘qligi haqida bayonot bergandi.