Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib bo‘lmaydi
18:12 / 2024-01-22

Yerning haqqiga xiyonat qilayotgan kimsalar, yer huquqi bilan bog‘liq turli huquqbuzarlik holatlari hamon uchramoqda.

Prezidentimizning 2022 yil 21 fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan yer huquqi bilan bog‘liq qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. 

– Boshqarma hamda uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan o‘tgan 2023 yilda 229,3 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq 1636 ta qonun buzilish holati aniqlandi, – deydi Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahromjon Fozilov. – Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish va yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish maqsadida 659 ta holatda 125,6 gektar yer maydoni fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi. Hozirda 465 ta holatdagi 102,9 gektar yer maydoni yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda. 

Bundan tashqari, xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarni talon taroj qilish va dala muomalasidan chiqarish kabi jinoyat alomatlari bo‘lgan 105 ta holatda jami 40,7 gektar yer maydonida aniqlangan qonun buzilishlarning ish hujjatlari o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi. Kadastr agentligining shahar, tuman bo‘limlari yer va kadastr inspektorlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma, profilaktik tushuntirish va targ‘ibot ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqargan 977 ta jismoniy va yuridik shaxs o‘zboshimchalik bilan egallab olgan 103,9 gektar maydondagi qonun buzilish holati huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA