Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
09:30 / 2022-05-31

Sirdaryo viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida 594 ta (13,24 gektar) holatda yer bo‘yicha qonun buzilish holatlari Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining tuman shahar bo‘lim inspektorlari tomonidan aniqlangan.

Tahlil qiladigan bo‘lsak, uy-joy qurish uchun 33 ta (0,58 gektar), noturar joy qurish uchun 228 ta (3,05 gektar), dala, tomorqa va boshqa maqsadlar uchun 333 ta (9,60 gektar) yer maydoni noqonuniy egallangan.

Hozirgi kunda ushbu qonunbuzilish holatlarining 434 tasi (9,98 gektar) bartaraf etildi va qolgan 160 ta (3,26 gektar) yer maydonlarida qonun buzilish holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda, deya xabar beradi Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

O‘zA