Yerdan baraka undirib...
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Do‘rmon Omad nuri” fermer xo‘jaligi paxta, g‘alla yetishtirish bilan birga aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari, sarhil meva bilan ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Umumiy yer maydoni 203 gektar bo‘lgan xo‘jalikning 5 gektarli bog‘ida yetishtirilayotgan meva asosan bozorga chiqariladi. Xo‘jalikda, shuningdek, 22 bosh qoramol va 50 boshdan ziyod qo‘y parvarishlanmoqda. Xo‘jalik rahbari Oltinoy Sottiyeva kelgusida faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida mebel va rom ishlab chiqarishni rejalashtirgan.