English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerda kuchli magnit bo‘roni: Bosh og‘rig‘i, qon bosimining oshishi, bosh aylanishi kuzatiladi
11:51 / 2022-11-05

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bugun va ertaga yerda kuchli 5 balli magnit bo‘ronlari kuzatiladi. Bu esa meteorologik sezuvchan odamlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ya’ni bosh og‘rig‘i kuchayadi, qon bosimida «sakrash» boshlanadi, bosh aylanishi paydo bo‘ladi. Kayfiyatning keskin o‘zgarishi, quvvatning pasayishi, tushkunlik kuzatilishi mumkin.

Atmosfera buzilishi ayniqsa homilador ayollar, qariyalar va yosh bolalarga salbiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ruhiy kasalliklar bilan og‘rigan — asab tizimlari geofizik hodisalarga juda sezgir bo‘lgan odamlarning ahvoli yomonlashishi ehtimoli yuqori. Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, hatto mutlaqo sog‘lom odamlar ham magnit bo‘ronining salbiy ta’sirini his qiladi.  

Magnit bo‘ronlari yurak-qon tomir tizimi kasalliklari — miokard infarkti, insult, gipertoniya bilan og‘rigan odamlarga qattiq ta’sir qiladi. Qon bosimi ko‘tariladi, koronar qon aylanishi yomonlashadi. Bir kun avval bo‘g‘imlarda og‘riq, yurak bezovtaligi, bosh og‘rig‘i kuzatiladi, uyqu buziladi. 

Bunday payt albatta shifokorlar tavsiyalariga amal qilmoq darkor.  

Ular gipertonik bemorlar ko‘proq suv ichishi va tuz iste’molini kamaytirishi kerakligini ta’kidlashmoqda. Chunki tuz tanadagi suyuqlikni ushlab turadi va bosimning oshishiga olib keladi.   

Shuningdek, magnit bo‘ronlari paytida tinchlantiruvchi damlama qabul qilish, jismoniy faoliyatni cheklash, yetarlicha uxlash, to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanmaslik tavsiya etiladi.  

Qonning ivishi va trombotsitlar faoliyatining kuchayishi qonni suyultiradigan vositalarni qabul qilishni taqozo etadi. Lekin har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.  

 

O‘zA