Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer va qurilish nizolari bo‘yicha seminar o‘tkazildi
12:11 / 2025-10-03

Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tashabbusi bilan yer va qurilishga oid nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotiga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi. Unda sudyalar, prokuratura, Kadastr agentligi va Palata mas’ullari ishtirok etdi.

Seminarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan davlat yerlari va noqonuniy qurilishlarga oid ishlar yuritish tartibi, da’vo arizasi tuzishdan tortib, sud qarori ijroga yo‘naltirilguniga qadar jarayonlar yoritildi. Bu kabi ishlar bo‘yicha kelishuv yoki mediativ shartnoma tuzish mumkin emasligi, qonunbuzilish holatlari aniqlansa sudning xususiy ajrimi chiqarilishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kadastr organlariga murojaatlarni mahalla raisi va profilaktika inspektori ishtirokida tahlil qilib, sudga asosli da’vo kiritish tavsiya etildi.

Seminarda 2018 yil 1 maygacha o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy va yerlarni qonuniylashtirish tartibi hamda nizoli qurilish sanasini google.uz orqali aniqlash imkoniyati haqida ma’lumot berildi.

Yakunda Prezidentning 2025 yil 21 avgustdagi farmoni asosida sud tizimini raqamlashtirish, “Raqamli sud” imkoniyatlari, elektron hujjat aylanmasi va videokonferensaloqa orqali jarayonlarda ishtirok etish tartibi haqida tushuntirishlar o‘tkazildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA