Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklarga nega o‘z vaqtida chora ko‘rilmayapti?
16:23 / 2023-02-27

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidanoq hududdagi yer nazorati tadbirlarining borishi va amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli tahlil qilindi.

Yer va kadastr nazoratini avtomatlashtirish, korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar monitoringini yurituvchi “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi tahlillari shuni ko‘rsatdiki, joriy yil boshidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati ayrim hududiy bo‘lim boshliqlari tomonidan nazorat va tahlil ishlari to‘g‘ri tashkil etilmagani ma’lum bo‘ldi.  

Jumladan, Kadastr agentligining Bekobod, Bo‘stonliq, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Parkent, Chinoz, Yangiyo‘l, Zangiota, O‘rtachirchiq tumanlari va Chirchiq, Bekobod, Nurafshon, Ohangaron shahar bo‘limlari tomonidan noqonuniy yer maydonlarini egallab olish, foydalanish hamda noqonuniy qurilmalar qurish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlar aniqlanmagan.  

Yerga oid qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan fuqaro va mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni o‘z vaqtida, to‘liq undirilishida esa Zangiota, Toshkent, Bo‘ka, Qibray tumanlari hamda Ohangaron, Angren shahar bo‘limlari tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.  

Yuqoridagi nomlari qayd etilgan bo‘lim rahbarlar intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi yuzasidan ogohlantirilib, yerga oid qonunbuzarlik holatlari yuzasidan qat’iy choralar ko‘rishi hamda ish samaradorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish vazifasi berildi.  

Bundan tashqari, yuqorida keltirib o‘tilgan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Bekobod tuman bo‘limi rahbariga (hayfsan) intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.  

Mutaxassislar tomonidan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarning undirilishi tahlil qilinganida, fuqaro va mansabdor shaxslarga nisbatan joriy yil boshidan buyon jami 1 milliard 413 million 300 ming so‘m jarimani undirish samaradorligi juda past ekani qayd etilgan. Ayrim agentlik tuman va shahar hududiy bo‘limlari boshliqlari tomonidan ma’muriy jarimalarni undirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.  

Jumladan, Kadastr agentligi Zangiota tumani bo‘limi tomonidan qo‘llanilgan 45 million so‘m jarima umuman undirilmagan. Boshqa joylarda ham shu kabi salbiy holatlar bo‘yicha mutaxassislar tanqid qilindi.  

A.Musayev,O‘zA.