Yer usti metrosi bir tomonlama harakatlanganiga izoh berildi
“Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 12 dekabr sanasi soat 07:10 dan 07:35 ga qadar "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati bir tomonlama tarzda harakatlanishi yo‘lga qo‘yilgan.
Gap shundaki, Toshkent metropoliteni "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishining ikkinchi bosqichidagi Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlarini ishga tushirish maqsadida yo‘nalishda harakat jadvali qisqartirilishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Ushbu ishlar amalga oshirilayotgani sababli belgilangan rejaga asosan, joriy yilning 12 dekabr sanasi soat 07:10 dan 07:35 ga qadar "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida poyezdlar harakati bir tomonlama tarzda harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishda barcha poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.
M.Komilova, O‘zA