English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 18 ming 597 ta holat aniqlangan
16:47 / 2023-01-04

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ishtirokida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 18 ming 597 ta holat aniqlangan. Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida agentlik organlari tomonidan 18 ming 389 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 9 ming 927 tasi fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.  

Yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan 4 ming 583 ta holatda sudning hal qiluv qarori qabul qilindi, boshqa holatlar bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.  

Shuningdek, rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun 1 ming 644 ta holatda prokuratura organlariga hamda 3 ming 850 ta  holatda majburiy ijro byurosiga yuborildi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 2 ming 135 ta holatda yerlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan.  

Yer va kadastr nazoratini avtomatlashtirish, korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar monitoringini yurituvchi “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi amaliyotga joriy etilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.  

 Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA