Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
11:12 / 2021-03-30

Qonun va ijro

Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi Qonun – “Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi mulkdorlarning qonunda belgilangan huquq va manfaatlarini yanada mustahkam kafolatlash, ularga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari va ularda joylashgan bino-inshootlarning noqonuniy olib qo‘yilishiga chek qo‘yish, bu bo‘yicha yetkazilgan zararlarni o‘z vaqtida qoplash, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning bu boradagi mas’uliyatini yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yganlik, buning oqibatida mulkdorga zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish orqali oshirishga xizmat qiladi.

Yangi qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 2002-modda bilan to‘ldirilib, unda yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Unga ko‘ra, yerni noqonuniy olib qo‘yish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha (24 million 500 ming so‘mdan 36 million 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, yuqorida qayd etilgan huquqbuzarlik olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi binolar, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek, uning mulkdoriga olib qo‘yish munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlashga, ularga ko‘p bo‘lmagan miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelsa, bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha (36 million 750 ming so‘mdan 49 million so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.

Bu esa, amaldagi ma’muriy jazo miqdoridan bir necha baravarga og‘irroq etib belgilangan.

Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksiga yer uchastkasini nokonuniy olib qo‘yish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutgan yangi 229-5-modda to‘ldirilishi natijasida endilikda agar aybdor yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng ushbu harakatni yana takror sodir etsa, u mulkdorga zarar yetkazmagan taqdirda ham jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilab qo‘yildi.

Mazkur moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, yer uchastkasining noqonuniy olib qo‘yilishi olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi binolar, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek, uning mulkdoriga bunday olib қў­йиш munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda buzib tashlashga sabab bo‘lsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, qator muqobil jazolar yoki hatto muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bunday qilmishni sodir etganlik uchun yetkazilgan zarar ancha miqdorda bo‘lib, ya’ni bazaviy hisoblash miqdorining 100-300 baravarigacha bo‘lgan summani tashkil etsa, u holda aybdor ma’muriy jazoga tortilgan yoki tortilmaganidan qat’i nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Mazkur moddaning uchinchi qismida shunday harakatlar tufayli ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan bo‘lsa, aybdor muayyan huquqdan mahrum etilishi bilan bog‘liq jazolar nazarda tutilgan. Ya’ni bu holda uch yildan besh yilgacha, тўр­тинчи qismga ko‘ra, ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda yoki juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkinligi belgilangan.

Yangi qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan norma bilan yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish bilan bog‘liq jinoyat bo‘yicha dastlabki tergov prokuratura organlari tomonidan olib borilishi belgilandi.

Fuqaro va tadbirkorga qonuniy, ya’ni hujjat asosida ajratilgan yerni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish juda murakkab tartib asosida amalga oshiriladi, bunda yer egasining roziligi bilan, tegishli xalq deputatlari kengashining qarori asosida, kompencatsiya to‘liq berilganidan so‘ng olib qo‘yilishi mumkin. Mazkur tartibga rioya etmaslik esa javobgarlikni keltirib chiqarishi muqarrar.

Dilobar Ergasheva,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi

O‘zA