Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sud tartibida bekor qilish amaliyoti joriy etiladi
11:36 / 2022-02-17

Davlatimiz rahbarining “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini yanada kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Farmon ijrosini ta’minlash uchun qanday  ishlar amalga oshiriladi?   


Savolimizga Adliya vazirligi mas’ul xodimi Inomjon Ahrorov javob berdi: 

– Inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlari kuchaytiriladi.  

Mulkiy, shu jumladan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq barcha ma’muriy hujjatlarni qat’iy ravishda faqat sud tartibida bekor qilish yoki haqiqiy emas, deb topish amaliyoti joriy etiladi. 

Iqtisodiy sudlarda mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan kamayib boruvchi davlat boji stavkalari qo‘llaniladi. 

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq ma’lumotlar tarkibi belgilanadi. Davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimi joriy etiladi. 

Insofli egallovchining mulkiy huquqlarini kafolatlash va mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlari qo‘llaniladi. 

Buning natijasida “Iqtisodiy erkinlik” hamda “Huquq ustuvorligi” indekslarida O‘zbekistonning o‘rni yanada mustahkamlanadi. 

Fuqarolarning shu kabi va boshqa huquqlari ta’minlanishi uchun ularning murojaatlariga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytiriladi.  

“Davlat – inson uchun” tamoyili asosida inson huquqlarini mustahkamlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasida yuritilishi ta’minlanadi. 

Bu borada murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning quyi tashkilotlariga turli vositalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish, barcha kelib tushgan murojaatlarni yagona tizim doirasida ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish hamda markazlashgan holda “mahallabay” monitoring va tahlil qilish imkoniyati ta’minlanadi.  

Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi tartibi joriy qilinadi. 

Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasini vazirlik va idoralarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha idoraviy tizimlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi. 

Murojaatlar bilan ishlash muddati buzilganda, avtomatik tarzda yuqori turuvchi instansiyani elektron xabardor qilish tartibi joriy etiladi. 

“Inson qadri uchun” tamoyilini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish maqsadida bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lami kengaytiriladi.  

Ushbu islohotlarning amalga oshirilishi har bir fuqaro uchun keng va qulay imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga, ularning huquq va erkinliklarni so‘zssiz ta’minlashga xizmat qiladi.  


N.Abduraimova, O‘zA