Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilandi
15:45 / 2022-09-10

So‘nggi yillarda respublikamizda yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslar mulkiy huquqlarining himoya qilinishi qonun darajasiga chiqarilib, ularning kafolatlarini kuchaytirish maqsadida 2022 yil 29 iyunda O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutildi.

Xususan, yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sohasiga oid ayrim tushunchalarga aniqlik kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish tartibini aniqlashtirish masalalari belgilab berildi.

Shuningdek, ushbu qonunda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar tashkil etilib, ularda shakllantirilgan mablag‘lardan foydalanish tartiblari ham belgilandi.

Qonun bilan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va huquq egalari bilan kelishuv tuzish, huquq egalari bilan ochiq muhokama o‘tkazish, yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan beriladigan kompensatsiya turlari va manbalari hamda kompensatsiya berish tartibi va muddatlari aniq belgilab berildi.

Jahongir Norov,

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi

Huquqni qo‘llash amaliyotini

o‘rganish bo‘limi yetakchi maslahatchisi

O‘zA