Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim  hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritiladi
11:14 / 2024-05-10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 yanvardagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-15-son Farmoni hamda 2024 yil 13 fevraldagi "Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-71-son qaroriga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi;

maxsus iqtisodiy zonalarda, shuningdek, yirik investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtiriladi.

O‘zA