Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer uchastkalaridan foydalanish – Bosh prokuratura nazoratida
16:39 / 2022-06-21

Jizzaxda Prezidentimizning joriy yil 21 fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Unda Bosh prokuratura, viloyat hokimligi, viloyat hududiy kengash a’zolari, viloyat, shahar va tuman sektorlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va sohaga oid mas’ul xodimlar ishtirok edi.

Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev va boshqalar Jizzax viloyatida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy o‘rgandi. Yer uchastkalaridan foydalanish Bosh prokuratura nazoratida ekani qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”gi Qonuni buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida o‘rganishlar boshlangan edi.

Bunda asosiy e’tibor viloyatda yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanish, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, Prezidentimiz qarori ijrosi samarali tashkil qilinganligi holatiga qaratilib, hududda ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

A.Qayumov, O‘zA