Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
18:17 / 2022-04-26

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda yer resurslarini talon-toroj qilinishining oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, fuqaro T.T. ariza bilan murojaat qilib, unda K.J. To‘rtko‘l tumani, “Ullubog‘” ovul fuqarolar yig‘inida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari orqali ushbu jamiyatga tegishli 6 sotix yer maydonini 2600 AQSH dollari evaziga olib berishini va’da qilib, pullarni talab qilayotganligini bildirgan.

Mazkur arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, K.J. ariza egasi T.T.dan talab qilgan 2600 AQSH dollarni “Ullibog‘” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Bog‘yop” kanali ko‘prigi yonida olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Dovud ABIBULLAEV, O‘zA