Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi
14:44 / 2025-12-22

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar R.P. va H.R. o‘zaro til biriktirgan holda ikki nafar fuqaroning ishonchini suiiste’mol qilgani aniqlandi. Ular “Paxtaobod” MFY hududida joylashgan davlat zaxirasiga tegishli 10 sotix yer maydonini go‘yoki o‘zlariga tegishli deb ko‘rsatib, mazkur yerning 4 sotixini fuqaro A.O‘.ga, qolgan 6 sotixini esa fuqaro F.Q.ga sotishga kelishgan.

Ushbu shaxslar jami 25 million so‘m pul mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani malum buldi. Tekshiruv jarayonida 15 million so‘m pul mablag‘ining jabrlanuvchilarga qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA