Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer savdosi bilan shug‘ullangan firibgarning siri fosh bo‘ldi
09:37 / 2022-07-22

Buxoroda yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Buxoroda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro R.N. davlat zaxirasidagi 2 sotix yer maydoniga tegishli hujjatlarni noma’lum shaxslar orqali qalbakilashtirish yo‘li bilan turmush o‘rtog‘ining nomiga rasmiylashtiradi. Natijada ushbu yer maydonini o‘zaro og‘zaki kelishuvga ko‘ra fuqaro J.ning nomiga ishonchnoma berish orqali 15 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanadi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA