Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
16:30 / 2023-01-17

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda zaxiradagi yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

Jumladan, fuqaro F.S. go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida fuqaro M.R.ga Ellikqal’a tumani hududidan 12 sotix zaxiradagi yer maydonini olib berishni va’da qiladi. Shuning evaziga 3 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA