Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer osti yo‘lagi ishga tushganidan aholi mamnun
17:40 / 2023-09-06

Olmaliq shahridagi “Oydin” dehqon bozori hududida piyodalar yer osti yo‘lagi foydalanishga topshirildi. Ushbu ob’ektning tantanali ochilish marosimida homiy tashkilot –Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Hursanov, Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan nuroniylar hudud obodligi yo‘lida olib borilayotgan ishlar bardavomlik kasb etishini, shahar kundan-kun chiroy ochib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, qurilish ishlarida ishtirok etgan bir guruh kombinat ishchi-xodimlari rag‘batlantirildi. Ushbu yer osti yo‘lagining qurilishi tender g‘olibi bo‘lgan “Orion Prom Tex Servis” MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilib, qurish ishlariga jami 4 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ sarflandi.  

Yerosti yo‘lagining uzunligi 34 metr, chuqurligi 4,5 metr, eni 4 metr, balandligi 2.5 metrni tashkil etib, kirish va chiqish qismiga jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun panduslar o‘rnatilgan. Yo‘lak devorlari granit bilan pardozlandi. Yo‘laklar 24 soat yorug‘lik tizimi bilan ta’minlangan.  

A.Musayev, O‘zA