French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer osti quduqlaridan foydalanish bilan bog‘liq 3 ming 476 ta kamchilik aniqlandi
11:41 / 2022-03-10

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yer osti suv quduqlarining holatini o‘rganish, ulardan ichimlik suv ta’minoti uchun foydalanishdagi sifat va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, inspeksiya, huquq tartibot organlari hamda manfaatdor idoralar xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan respublikamizdagi daryo o‘zanlari va yer osti suv quduqlari o‘rganilmoqda. 

bugungi kunga qadar ishchi guruhlar tomonidan jami 6 ming 703 ta yer osti burg‘u quduqlar holati o‘rganildi. Jarayonda quduqlarda ruxsat etuvchi hujjatlar yo‘qligi hamda yer osti quduqlaridan foydalanish bilan bog‘liq 3 ming 476 ta kamchilik va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Xususan Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida yer osti quduqlarini burg‘ulash uchun gidrogeologik xulosa olinmagan 539 ta holat aniqlandi.  

Jizzax, Navoiy, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida yer osti quduqlarini burg‘ulash uchun ruxsatnoma olinmagan 787 ta holat fosh etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni iste’mol qilish uchun ruxsatnomalar olinmagan 1 ming 97 ta holat aniqlandi. 

Shuningdek, Buxoro, Namangan va Surxondaryo  viloyatlarida yer osti quduqlarining texnik pasporti mavjud bo‘lmagan 849 ta holat aniqlandi. Qolaversa, 204 ta boshqa turdagi kamchiliklar, 93 ta yer osti burg‘i qudug‘ining sanitar muhofaza chegarasi yo‘qligi, 30 ta ob’ektda suvni zararsizlantirish xonasi mavjud emasligi, 81 ta ob’ektda suv minorasi nosoz bo‘lib, ta’mirtalab holatdaligi aniqlandi. Bundan tashqari 3 ta suv qudug‘ining sanitar muhofaza chegarasi hududiga aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan uy qurib olingan. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, yer osti suvlaridan oqilona foydalanmaslik, tegishli texnik va normativ hujjatlarga amal qilmaslik oqibatida yer osti chuchuk suv zaxiralari tarkibi o‘zgarishi, sho‘rlanishi va kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. 

Mazkur qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun inspeksiya tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tashkilot va fuqarolarga ko‘rsatma va tushunchalar berildi. Tegishli tashkilotlar tomonidan 23 nafar mutasaddi va fuqarolarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.   


Shahnoza Mamaturopova, O‘zA