Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer osti piyodalar o‘tish yo‘laklari qurildi
12:02 / 2023-12-07

Buxoro xalqaro aeroporti shoxobcha avtomobil yo‘lining 2 km qismida, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali oldida yer osti piyodalar o‘tish yo‘li qurildi.

Uzunligi 27 metr, kengligi 4 metr, balandligi 2,5 metrdan iborat inshoot qurilishiga 6,9 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.  

Viloyat markazining Islom Karimov hamda Bahouddin Naqshband ko‘chalari kesishmasi, “Vokzal” chorrahasi oldida ham yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurildi.

Uzunligi 36, kengligi 4 va balandligi 2,5 metrga teng bo‘lgan mazkur tunnel loyihasining moddiy qiymati 6,9 milliard so‘mni tashkil etdi.  

[gallery-14943]

Yer osti piyodalar o‘tish yo‘laklari kechayu kunduz yorug‘lik bilan ta’minlanadi. Shuningdek, ularda maxsus kuzatuv moslamalari ham o‘rnatilgan. Qolaversa, ularda nogironlar aravachasidagi odamlar uchun ham qulayliklar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami arafasida mahallalar aholisi, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirokida mazkur inshootlarning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov yig‘ilganlarni Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi bilan qutladi.

Rejaga asosan Buxoro shahrining gavjum va tirbandliklar oshib borayotgan yana 4 ta hududida yer osti piyodalar o‘tish yo‘laklari barpo etilmoqda. Mazkur inshootlar Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 

 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),

O‘zA muxbirlari