Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer osti o‘tish yo‘li qurilmoqda
19:09 / 2024-05-07

Xo‘jaobod “Dehqon bozori” yonidan o‘tuvchi “Andijon – O‘sh” xalqaro magistral avtomobil yo‘lidan bir sutkada 80 mingdan ortiq piyoda hamda 35 mingdan ortiq transport vositasi o‘tadi. Mazkur yo‘lda transport harakati xavfsizligini ta’minlash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida yer osti o‘tish yo‘lagi barpo etilmoqda.

Hozir mazkur hududda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Andijon filiali tomonidan uzunligi 48 metr, eni 4 metr bo‘lgan yer osti o‘tish yo‘lining qurilishi qizg‘in davom etmoqda. 

–Shu kunlarda beton quvurlarni montaj qilish, gidroizolatsiya ishlari olib borilmoqda, – deydi “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Andijon filiali rahbari o‘rinbosari Abduxanon Mirzayev. – Belgilangan ishlar reja asosida olib borilmoqda. Qurilish ishlarida 20 nafardan ortiq ishchi va mutaxasssis qatnashmoqda, 10 dan ortiq turli texnika vositasi jalb etilgan. 

Shuningdek, ayni paytda mazkur obyektga olib boruvchi avtomobil yo‘lining Yangi Farg‘ona mahallasi hududidagi qismiga asfalt yotqizish ishlari ham yakuniga yetkazilmoqda. 

Umumiy qiymati 1 milliard 750 million soʻmga teng loyiha doirasida barpo etilayotgan, piyodalar uchun katta qulaylik yaratadigan ushbu yer osti o‘tish yo‘li joriy yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari