Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer osti boyliklari: geologiya va sanoatning yangi yutuqlari bo‘yicha hisobot berildi (+video)
19:43 / 2024-12-12

O‘zbekistonning tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda. Yangi ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalarni joriy etish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, shu bilan bir qatorda yangi ish o‘rinlari yaratishda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi muhim o‘rin tutmoqda.

12 dekabr kuni mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida sohaning eng muhim yutuqlari e’lon qilindi. Qayd etish joiz, Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi respublikaning iqtisodiy taraqqiyotida muhim bosqich bo‘lmoqda. Tadbirda sohadagi erishilayotgan natijalar e’lon qilindi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi besh yil ichida metallurgiya korxonalari ishlab chiqarish hajmini 122,7 trillion so‘mga yetkazib, oltin 1,3 barobarga, kumush 1,6 barobarga, mis 1,4 barobarga va uran 1,5 barobarga oshirilgan. Shu bilan birga, misni qayta ishlash hajmi 1,7 baravarga oshgan va 650 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan. Tog‘-kon va geologiya sohasiga 7,2 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilingan. Qolaversa, 1,3 mingta yangi ish o‘rni yaratilgani sohaning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshirmoqda. 

Joriy yil yakuniga qadar umumiy qiymati 27,3 mlrd dollar bo‘lgan 60 ta loyiha doirasida 3,6 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda. Bu esa ta’kidlash joiz, rivojlanish istiqbollarini yanada kengaytiradi. 

[gallery-20830]

Matbuot anjumanida shuningdek, sohaga doir yangi qonunchilik va boshqaruv islohotlari bo‘yicha ma’lumot berildi. Ya’ni, joriy yilning oktyabr oyida “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, mazkur qonunni ishlab chiqishda Avstraliya, Kanada, Turkiya va Qozog‘istonning sohadagi tajribasi o‘rganilgan. 

Bu xorijiy investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga imkon beradi. 

Shuningdek, yer qa’ridan foydalanish huquqini elektron tartibda berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Navoiyda uran ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va Olmaliqda yangi mis boyitish fabrikalari qurilishi kabi muhim, ustuvor investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Bundan tashqari, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hisobiga 60 dan ortiq kichik korxona bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

Sohada ekologik nazorat kuchaytirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda noqonuniy qazish ishlarini aniqlash va zararlarni bartaraf etish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rilmoqda. Maxsus inspeksiya tomonidan 2 000 dan ortiq qazish ishlari tekshirilgani va 180 mlrd so‘m miqdorida zarar hisoblangani ma’lum qilindi. 

Tadbir so‘nggida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8mB5vVaelV8" title="Yer osti boyliklari: geologiya va sanoatning yangi yutuqlari boʻyicha  hisobot berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA