Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer munosabatlarini tartibga solishda tarixiy farmon (+video)
12:29 / 2025-02-18

Prezidentimizning 2025 yil 3 fevralda qabul qilgan “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni yer uchastkalarini ijaraga olishda, qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini yanada shakllantirishda, joylarda yangi mulkdorlar qatlamini vujudga keltirishda, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim huquqiy hujjat bo‘ldi.

Birinchi bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari mazkur yangi tizim asosida yer uchastkalarini ijaraga beradi. Tajriba-sinov muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda qolgan hududlarga ham tadbiq etiladi. Shu va farmonda ko‘zda tutilgan boshqa muhim jihatlar xususida Qishloq xo‘jaligi vazirligining bo‘lim boshlig‘i Abduxalil Qodirov bilan suhbatlashdik.  

-  Ushbu farmonshu yo‘nalishda avvallari qabul qilingan huquqiy hujjatlardan nimasi bilan farq qiladi?

- Prezidentimizning 2021 yilda bu yo‘nalishda farmoni qabul qilingandi va yer uchastkalarini 2022 yildan boshlab ochiq elektron tanlov asosida aholiga ijaraga berish boshlandi. 2024 yilda yana Prezidentimizning 15-sonli farmonlari qabul qilinib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini auksion savdolar orqali  ijaraga berish tartibi joriy qilindi. Qabul qilingan 18-sonli farmon esa amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va islohotlarning uzviy davomi sifatida ko‘rish mumkin. Chunki, bu hozirgi kunda tuman zahirasida bo‘sh turgan, asosan paxta, g‘alladan qisqartirilgan maydonlar bo‘lib, 3316 gektar yer maydonlari auksion savdolari orqali ijara huquqi asosida berish belgilandi. Bunda imtiyozlar ham tadbiq etiladi. Ya’ni, avvalgi hujjatlarimizda faqatgina o‘sha hududdagi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini olish uchun auksion savdolarda qatnashishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, PF-18 farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan auksion savdolarda fuqarolar qatnashib, yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritishlari mumkin.  (davomi videoda)

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/xYbu175UA3c?si=MuWoLxyE7bm2bZFX" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA